Rossiya Davlat Dumasining deputati Vladimir Jirinovskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aholi bilan “jonli efir”dagi muloqotida began javoblarini tanqidlarga ko‘mib tashladi.
“Rossiya” telekanalining xabar berishicha, Jirinovskiyning nazarida, Putin harbiy sirlarni oshkor qilib o‘tiribdi.
“Mamlakatdagi yangi qurollar haqida dunyoga gapiryapti, bu to‘g‘ri emas, bu harbiy sir deyiladi. Blogger Natalya Krasnovaga bergan savoliga qarang: “Siz 38 yoshdamisiz, juda yosh ko‘rinarkansiz”, deydi. Nimasi yosh, kamida 45 yasharga o‘xshab ketadi-yu. Buning ustiga chiroyli emas, haddan ziyod ozg‘in. yaxshisi, prezident unga ovqat uchun talon bersin. Yana bir gap, “jonli efir”dagi savol-jvoblarda men ham savol yo‘llagandim, negadir chiqarishmadi. So‘ramoqchimanki, Avstriyadagi demokratiya Putinga yoqadimi, balki, Rossiyaning ham shunday “normalniy” davlat bo‘lishini istayotgandir?”, dedi Jirinovskiy.