Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

«Jinnimisiz, mehrobda hech qanaqa bayt yo‘q-ku?!»

«Jinnimisiz, mehrobda hech qanaqa bayt yo‘q-ku?!»

Iroqlik faqih(hozir Amirlikda yashaydi) Hoshim Jamil aytadi:

"Azharda doktorlikni yoqlash arafasida moliyaviy qiyinchilikka duch keldim. Imtihon payti yaqinlashdi. Kvartira sohibi mendan kvartirani bo‘shatishni so‘radi. Men undan imtihonlar tugaguncha muhlat berishini so‘radim. U ko‘nmadi. Bir necha kungina vaqt berdi. So‘ngra menga  Iroqdan keladigan pul ham kelmay qo‘ydi.

Meni juda qattiq qayg‘u egalladi. Ko‘chaga chiqdim. Maqsadsiz Qohira ko‘chalarini kezdim. Bir payt shom namoziga azon aytildi.  Namoz o‘qish uchun bir eski masjidga kirdim. Namozni o‘qib bo‘lgach mehrobda quyidagi baytlarni o‘qidim (nasriy ma’nosi):

"Seni nutfa holida yaratgandagi Jamil sifatimni esla. Senga onang qornida surat berganimni unutma. Barcha ishingda Menga ishon. Qo‘rqinchli va og‘ir ishlarda Men senga kifoya qilaman. Ishlaringni Menga topshir. Bilginki, Men hukmlarimni tasarruf qilib xohlaganimni qilaman".

Shayx aytadi:

"Baytlar menga ta’sir qilib ko‘nglim yorishdi. G‘amlarim tarqadi. Xotirjam bo‘lib kvartiraga qaytdim. Bir necha daqiqadan so‘ng eshik taqilladi. Ochsam kvartira sohibi turibdi. U menga:

- Kechirasiz bezovta qilganim uchun. Mayli bemalol imtihonlarni o‘tkazing. Keyin bo‘shatarsiz, dedi.

Men unga rahmat aytdim. Bu voqeadan taxminan biror soatlar o‘tib birov menga telefon qilib Iroqdan menga pul o‘tkazma borligini aytdi. Meni dahshat qoplagan, hayratda edim.

Ertasi kuni o‘sha masjidga borib o‘sha bayt sohibining kimligini so‘ramoqchi bo‘ldim. Bayt mehrobda yo‘q edi. Men imomdan, muazzindan va xizmatchidan u bayt haqida so‘radim. Ular:

"Jinnimisiz, bu mehrob o‘ttiz yildan beri shu holatda turibdi. Unda hech qanaqa bayt yo‘q", deyishdi.

Kamol ibn Turkiya

Manba: azon.uz

Kiritildi: 10:31 22.10.2019. O'qildi: 3569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!