Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Jerar Depardye Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etishi kutilmoqda

Jerar Depardye Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etishi kutilmoqda

Fransiyalik mashhur kino aktyor Jerar Depardye Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etishi kutilmoqda. Aslida kino yulduzlarning u yoki bu festivalda qatnashish yoki qatnashmasligi oxirgi lahzalargacha noma’lum bo‘lib qoladi. Bu ularning o‘ta tig‘iz va qat’iy rejalarga asoslangan ish tartibi, qolaversa, o‘ta nozikta’b ijodkorlik fe’l-atvori bilan ham bevosita bog‘liqdir.
Nima bo‘lganida ham xalqimiz Jerar Depardyedek zabardast, hazilkash, yumorga to‘lib-toshgan aktyorni g‘oyat qadrlaydi va uni Toshkent xalqaro kinofestivalida ko‘rishni juda istaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Depardyede 170 dan ortiq filmda rol o‘ynagan san’atkor sifatida zamonamizning eng sermahsul aktyorlaridan biri hisoblanadi. Uning rollari juda katta miqyosni qamrab olgan. Jumladan, Gollivudning mashhur filmlari va festivallaridan sifat va saviyasi turli darajada bo‘lgan komediyalar va teleseriallarga qadar, desak yanglishmaymiz.

Garchi yulduzlik darajasiga erishsa-da, Depardye o‘ziga xos aktyorlik uslubiga ega emasligini tan oladi. Ha, bu jihatdan ko‘plab kino yulduzlari kamtarlikda Jerar Depardyedan har qancha ibrat olsa arziydi!

Shu bilan birga, suratga olinayotgan filmning sifati yoki uning janri haqida qayg‘urmasligini ham aytgan aktyor xalqaro miqyosdagi bir qator kino festivallarning sovrindori sanaladi. Jerar Depardye "Parij, men seni sevaman!", "Asteriks va Obeliks Buyuk Britaniyada", "Yigirmanchi asr", "Qo‘shni ayol", "Omadsizlar" kabi ko‘plab kinokartinalarda suratga tushgan.

Jahonga nomdor yulduzlar kinofestivallarga yanada fayz, zavqli muhit bag‘ishlashi, shubhasiz.

Kiritildi: 15:06 27.09.2021. O'qildi: 1290 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!