Jenevada o‘tayotgan muzokaralar doirasida Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va Fransiyaning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari AQSh va Ukraina delegasiyalari bilan uchrashishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti manbaga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 17 fevral kuni muzokaralar doirasida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar hamda Ukraina va Qo‘shma Shtatlar jamoalari o‘rtasida alohida uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Yevropa davlatlari vakillari hozirda Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar jarayonini kuzatib bormoqda.