Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jek Ma Xitoyning eng badavlat odamlari reytingida yana pastladi

Jek Ma Xitoyning eng badavlat odamlari reytingida yana pastladi

Xitoydagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Alibaba asoschisi, milliarder Jek Ma mamlakatning eng boy odamlari reytingida beshinchi o‘ringa tushib qoldi.

Forbes USA Maning boyligini 41,5 mlrd dollar deb baholadi. Bu o‘tgan yilning noyabridagiga nisbatan 24,1 mlrd dollarga kam.

Endilikda Jek Ma ro‘yxatda beshinchi o‘rinda turibdi. Biznesmenning boyligi Xitoy hukumati o‘tgan yili Ant Group kompaniyasining IPO’sini bekor qilib, Alibaba kompaniyasiga 2,8 mlrd dollar jarima solganidan so‘ng kompaniya chorakni zarar bilan yakunlashi sababli kamaydi.

Maning boyligi bahorda e’lon qilingan reytingdagiga nisbatan 6,9 mlrd dollarga kamaygan. O‘shanda u to‘rtinchi o‘rindan joy olgandi.

Xitoyning eng badavlat odamlari reytingida qadoqlangan suv ishlab chiqaruvchi Nongfu Spring kompaniyasi egasi Chjun Shanshan birinchi o‘rinda turibdi. Uning boyligi 65,9 mlrd dollar deb baholanmoqda.

Kiritildi: 22:35 06.11.2021. O'qildi: 3771 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!