Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

JCH-2026 tarixdagi eng katta uglerod izini qoldirishi mumkin

JCH-2026 tarixdagi eng katta uglerod izini qoldirishi mumkin

2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati tarixdagi eng katta uglerod izini qoldirishi mumkin. Bu haqda ekspertlar ma’lum qildi.

Turnir tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Avvalgi mundiallarda esa 32 ta terma jamoa qatnashgan edi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Uchta mamlakatda o‘tkazilishi sababli jamoalar uzoq masofalarga parvoz qilishga majbur bo‘ladi. Masalan, Mayami va Vankuver shaharlari orasidagi masofa taxminan 4500 kilometrni tashkil qiladi.

Futbolchilardan tashqari, rasmiylar, jurnalistlar va muxlislar ham shaharlar orasida tez-tez harakatlanadi. FIFA hisob-kitoblariga ko‘ra, turnirga 5 milliondan ortiq muxlis tashrif buyurishi kutilmoqda.

Lozanna universiteti (UNIL) mutaxassislari hisobicha, musobaqa davomida atmosferaga chiqariladigan SO2 miqdori 9 million tonnaga yetishi mumkin.

Taqqoslash uchun, Parij-2024 Olimpiadasida bu ko‘rsatkich taxminan 1,75 million tonnani tashkil etgan. Qatarda o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionatida esa 3,17 million tonna SO2 chiqindisi qayd etilgan.

UNIL geografi Devid Gogishvilining ta’kidlashicha, Olimpiya o‘yinlarida so‘nggi yillarda uglerod izini qisqartirish tendensiyasi kuzatilayotgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha jahon chempionatida buning aksini ko‘rish mumkin.

Ma’lum qilinishicha, 2030 yilgi jahon chempionatida stadionlar geografiyasi yanada kengayadi. Turnir Argentina, Urugvay va Paragvaydagi uchta ochilish o‘yini bilan boshlanadi, shundan keyin musobaqa Marokash, Ispaniya va Portugaliyada davom ettiriladi.

Kiritildi: Bugun 16:47. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!