Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

JCH-2026. Senegal Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi

JCH-2026. Senegal Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi

Torontodagi «BMO Field» stadionida JCH-2026 «I» guruhi doirasida Senegal va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. O‘yin afrikaliklarning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv Iroq terma jamoasi uchun juda omadsiz boshlandi. 4-daqiqadayoq Diarra hisobni ochgan bo‘lsa, 13-daqiqada Iroq himoyachisi Sulaka qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi. Ko‘p o‘tmay, Iroq majburiy o‘zgarishni amalga oshirishga ham majbur bo‘ldi — 16-daqiqada Kasem o‘rniga Yunis maydonga tushdi. Birinchi bo‘lim Senegalning minimal ustunligi bilan tugadi.

Ikkinchi bo‘limda esa senegalliklar son jihatdan ustunlikni gollarga aylantirishdi. 56-daqiqada Sarr hisobni yiriklashtirgan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushgan Guye dubl qayd etdi (59 va 71-daqiqalar). Uchrashuvga yakuniy nuqtani 82-daqiqada yana bir zaxira futbolchisi Ndiay qo‘ydi.

Senegal — Iroq 5:0
Gollar:
Diarra (4), Sarr (56), Guye (59, 71), Ndiay (82).
Senegal: Diav, Yakobs, Niakate, Sek (Siss, 58), Diatta, Kamara (Djekson, 57), Gana Guye, Diarra (Guye, 57), Mane, Sarr (Diao, 81), Mbay (Ndiay, 57).
Iroq: Bazil (Djalal, 46), Doski, Xashem, Sulaka, Frans Dia, Al-Ammari, Ikbal (Yakob, 67), Bayesh, Yasim (Maknzi, 58), Kasem (Yunis, 16), Al-Xamadi (Yusif, 58).
Ogohlantirishlar: Sek (18), Guye (81) — Al-Ammari (75), Doski (90).
Chetlatish: Sulaka (13, Iroq).

Kiritildi: 08:41 27.06.2026. O'qildi: 1743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!