Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

JCH-2026. Norvegiyaga Iroqni tor-mor etdi

JCH-2026. Norvegiyaga Iroqni tor-mor etdi

Jahon chempionati-2026ning "I" guruhidan o‘rin olgan Iroq va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Jamoalar Foksboro shahridagi «Jillett» stadionida to‘qnash kelishdi. Uchrashuvni Pyer Acho boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Norvegiya terma jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Norvegiyaliklar tarkibida hujumchi Erling Holand (ikki bor), himoyachi Leo Estigor va yarim himoyachi Kristian Torstvedt gol urishdi. Iroq terma jamoasining yagona goliga hujumchi Aymen Husseyn mualliflik qildi.

Norvegiya 3 ochko jamg‘arib, "I" guruhida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Iroq esa so‘nggi o‘rinda bormoqda.

JCH-2026ning ikkinchi turida Iroq Fransiya bilan o‘ynaydi, Norvegiya esa Senegal bilan to‘qnash keladi. Ikkala uchrashuv ham 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 06:51 17.06.2026. O'qildi: 1723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!