Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

JCH-2026: Ispaniya Fransiyaga hech qanday imkon qoldirmadi va finalga yo‘l oldi

JCH-2026: Ispaniya Fransiyaga hech qanday imkon qoldirmadi va finalga yo‘l oldi

Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionati-2026 yarim finalida Fransiyani mag‘lub etdi — 2:0.

O‘yin Arlington (Texas shtati, AQSh)dagi "AT&T" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Mikel Oyarsabal penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa Pedro Porro ispaniyaliklarning ustunligini ikki barobarga oshirdi.

Ispaniya terma jamoasi 2010 yilgi zafarli mundialdan beri ilk bor turnir finaliga chiqdi. Fransiya terma jamoasi esa 2014 yildan buyon ilk bor Jahon chempionati finalida ishtirok etmaydi.

JCH-2026 finaliga ikkinchi yo‘llanma uchun Angliya va Argentina terma jamoalari kurash olib borishadi. Uchrashuv 15 iyul kuni Atlantadagi "Mersedes-Bens" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.

Kiritildi: 08:11 15.07.2026. O'qildi: 998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!