Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

JCH-2026 ishtirokchilari to‘liq aniqlandi (+guruhlar)

JCH-2026 ishtirokchilari to‘liq aniqlandi (+guruhlar)

Bugun, 1 aprel kuni AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etadigan barcha 48 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Qit’alararo pley-off finallaridan birida Iroq terma jamoasi Boliviyani mag‘lub etib, mundialga chiqqan so‘nggi jamoa bo‘ldi va yana 47 ta jamoaga qo‘shildi.

Evropa saralash bosqichi yakunlanganidan so‘ng JCH-2026 guruh bosqichi ishtirokchilari quyidagicha ko‘rinish oldi:

A guruhi: Meksika, Janubiy Afrika Respublikasi, Janubiy Koreya, Chexiya

B guruhi: Kanada, Shveysariya, Qatar, Bosniya va Gersegovina

C guruhi: Braziliya, Marokash, Gaiti, Shotlandiya

D guruhi: AQSH, Paragvay, Avstraliya, Turkiya

E guruhi: Germaniya, Kyurasao, Kot-d’Ivuar, Ekvador

F guruhi: Niderlandiya, Yaponiya, Tunis, Shvesiya

G guruhi: Belgiya, Misr, Eron, Yangi Zelandiya

H guruhi: Ispaniya, Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni, Urugvay

I guruhi: Fransiya, Senegal, Norvegiya, Iroq

J guruhi: Argentina, Jazoir, Avstriya, Iordaniya

K guruhi: Portugaliya, Kolumbiya, O‘zbekiston, Kongo Demokratik Respublikasi

L guruhi: Angliya, Xorvatiya, Gana, Panama

Kiritildi: Bugun 14:41. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!