Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

JCH-20181. Koutinyo va Neymar Navasni mag‘lub etdi

JCH-20181. Koutinyo va Neymar Navasni mag‘lub etdi

JCH-2018 musobaqasi "E" guruhi 2-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Braziliya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. “Sankt-Peterburg Arena”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda Braziliya terma jamoasi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv Braziliyaning hujumlari boshlandi. O‘yindagi ustunlik butkul braziliyaliklar tomonida bo‘ldi va ayniqsa ikkinchi bo‘limda bahs faqat Kosta-Rika jarima maydoni tomonida kechdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Gabriel Jesus jarima maydoniga uzatilgan to‘pni Filippe Koutinyoga tashlab berdi, yarim himoyachi esa Keylor Navas oyoqlari orasidan to‘pni yo‘llab jamoasini oldinga olib chiqdi.

97-daqiqada esa Neymar Duglas Kostaning uzatmasidan so‘ng o‘yinga nuqta qo‘ygan golga muallif bo‘ldi.

Shu tariqa, Braziliya o‘z ochkolarini 4taga yetkazdi va guruh peshqadamiga aylandi. Kosta-Rika esa guruh bosqichidan ortga qaytadigan bo‘ldi. Ikkinchi o‘yinda Serbiya va Shveysariya termalari o‘zaro bahsga kirishadilar.

JCH-2018
"E" guruhi 2-tur

Braziliya – Kosta-Rika 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 90+1 Koutinyo, 2:0 – 90+7 Neymar

Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Marselo, Fagner, Miranda, Paulinyo (Firmino, 68), Kazemiro, Koutinyo, Villian (Duglas Kosta, 46), Neymar, Gabriel Jezus (Fernandinyo, 90).

Kosta-Rika – Navas, Gonsales, Akosta, Ovyedo, Duarte, Venegas, Borxes, Ruis, Gusman (Texeda, 83), Gamboa (Kalvo, 75), Urenya (Bolanyos, 54).

Ogohlantirishlar: Neymar (81), Koutinyo (81), Akosta (84).

Manba: www.stadion.uz.

Kiritildi: 19:21 22.06.2018. O'qildi: 1576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!