Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

JCH-2018. Fransiya Avstraliyani mag‘lub etdi

A A A
JCH-2018. Fransiya Avstraliyani mag‘lub etdi

Jahon chempionatining 3-kuni. “S” guruhining ilk o‘yinida Fransiya Avstraliya bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv 2:1 hisobida fransiyaliklarning g‘alabasi bilan yakun topdi. 58-daqiqada yuzaga kelgan penaltini Antuan Grizmann to‘g‘ri bajarib, hisobni ochdi. 62-daqiqada Avstraliya sardori Milosh Yedinak oradagi muvozanatni tenglashtirdi. Shundan so‘ng, 80-daqiqada Pol Pogba Fransiyaning g‘alaba goli muallifiga aylandi.

“S” guruhi.

Fransiya – Avstraliya 2:1.

“Kazan-Arena” stadioni.

Gollar: Grizmann (58, penalti), Pogba (80) – Yedinak (62, penalti).

Fransiya – Lyoris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Yumtiti, Tolisso (Matyuidi, 78), Kante, Pogba, Dembele (Fekir, 70), Grizmann (Jiru, 70), Mbappe.

Avstraliya – Rayan, Seynsberi, Bexich, Risdon, Milligan, Lekki, Yedinak, Muy, Rogich (Irvayn, 72), Kruz (Arzani, 84), Nebbaut (Yurich, 64).

Ogohlantirishlar: Lekki (13), Risdon (57), Tolisso (76), Bexich (87).

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 17:04 16.06.2018. O'qildi: 2617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik