Qirg‘iziston prezidenti “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida mamlakat shimol va janubga bo‘linishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni qat’iyan rad etgan. Uning aytishicha, avval bunday bo‘linishlardan ayrim siyosatchilar hokimiyat uchun kurashda foydalangan, oddiy fuqarolar esa vosita bo‘lib xizmat qilgan.
"Men hech qachon shimol va janub bo‘linishiga yo‘l qo‘ymayman. Bunday bo‘linishlar siyosatchilarga zarur bo‘lgan vaqtda paydo bo‘ladi", — dedi prezident.
Japarovning aytishicha, 2021 yildan beri davlat idoralarida keng ko‘lamli kadrlar rotasiyasi olib borilmoqda. Hokimlar va sudyalar to‘liq rotasiyadan o‘tgan: janubdan bo‘lgan rahbarlar shimolda, shimoldan bo‘lganlar esa janubda ishlamoqda. Bu jarayon barcha davlat idoralarini qamrab olgan.