Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti yana 2 yilga qamaldi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti yana 2 yilga qamaldi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunni buzganlik bo‘yicha ishda ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Yonhap agentligi xabar berishicha, Seul markaziy tuman sudi 2022 yilgi prezidentlik saylovlari oldidan Yun Sok Yol va uning rafiqasi nomidan taxminan 190 ming dollarlik bepul ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilganini aniqlagan. Tergovga ko‘ra, so‘rov agentligi rahbari Myon Te Gyun buning evaziga muayyan manfaat kutgan.

Mazkur ish bo‘yicha Myon Te Gyun ham bir yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Shu bilan birga, Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Hi alohida ish doirasida saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish qonunini buzish ayblovi bo‘yicha birinchi va ikkinchi instansiya sudlari tomonidan oqlangan. Sobiq prezidentning advokatlari ushbu qaror ustidan apellyasiya berishlarini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyida Yun Sok Yol konstitusiyaviy tuzumga qarshi qo‘zg‘olon uyushtirish ayblovi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Kiritildi: 18:24 13.07.2026. O'qildi: 1070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!