Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Janubiy Koreyadagi portlashda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani rostmi?

Janubiy Koreyadagi portlashda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani rostmi?

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi 2020 yil 15 may kuni Kyongnam provinsiyasidagi metallni qayta ishlash zavodlaridan birida yuz bergan portlash natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni rad qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi TIV ma’lum qildi.

Elchixona konsullik bo‘limi xodimi voqea joyiga tashrif buyurdi, vaziyatni o‘rgandi va Haman tumani (Kyongnam provinsiyasi) huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan aloqa o‘rnatdi. Mazkur tuman rasmiy organlari vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini tasdiqladi.

Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

Kiritildi: 12:01 16.05.2020. O'qildi: 3329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!