Janubiy Koreya telekanallari milliy futbol terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi yuzini efirlarda xiralashtirib ko‘rsatishni boshladi. Mamlakatda bunday chora odatda jinoyatchilar yoki obro‘sizlangan siyosatchilarga nisbatan jamoatchilik qoralovi va ochiq hurmatsizlik ramzi sifatida qo‘llaniladi.
Bu holat Janubiy Koreya terma jamoasi jahon chempionatida guruh bosqichidan chiqa olmaganidan keyin yuzaga keldi. Ma’lum qilinishicha, mamlakat prezidenti shaxsan bosh murabbiyning iste’fosini talab qilgan.