Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreyada niqob taqmaganlarga 90 dollar jarima solish boshlandi

Janubiy Koreyada niqob taqmaganlarga 90 dollar jarima solish boshlandi

Koronavirusga qarshi kurash uchun yuqori narxni joriy qilgan Janubiy Koreyada endi jamoat joylarida niqob taqmaganlar 100 ming vona yoki 90 dollar miqdorida jarimaga tortiladi, deb xabar berdi Yonhap.

Yangi talab bugundan, ya’ni 13 noyabrdan kuchga kiradi. Bu, ayniqsa, niqob ktaqmaslikni tanlagan yoki uni to‘g‘ri taqmaydiganlarga tegishli.

Niqobni majburiy taqishdan 14 yoshga to‘lmagan bolalar va niqobni o‘z-o‘zidan taqib ololmaydigan sog‘lig‘i bilan bog‘liq odamlar ozod etiladi.

Shuningdek, ba’zi holatlarda, masalan, ovqat yeyish yoki suv ichish, basseynda yoki hovuzda yurish paytida, shuningdek identifikasiya qilish paytida niqob rejimiga rioya qilish shart emasligi ta’kidlandi.

Bog‘da, velosipedda va toqqa chiqishda masofa 2 metrni saqlash sharoitida niqob kiyish shart emas.

Kiritildi: 20:55 13.11.2020. O'qildi: 1475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!