Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni 15 ming nafarga yaqinlashdi. Hukumat bundan xavotirda

Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni 15 ming nafarga yaqinlashdi. Hukumat bundan xavotirda

Janubiy Koreyada koronavirus infeksiyasining keskin ko‘payishi qayd etildi: iyul oyining oxiridan boshlab bu yerda birinchi marta kuniga 100 dan ortiq yangi holat aniqlandi. 

So‘nggi kun davomida Koreya Respublikasida koronavirus infeksiyasining 103 holati qayd etildi. So‘nggi marta bunday ma’lumotlar 25 iyul kuni, mamlakatda 113 bemor kasallanganda qayd etilgan.

Shu bilan birga, oldingi kunga nisbatan o‘sish deyarli yarim baravarga ko‘paydi - 56 kishi. Bunday holatlarning keskin o‘sishi virusning ba’zi mahalliy cherkovlarda va bozorlarda tarqalishi bilan bog‘liq.

O‘tgan kun davomida 18 ta holat chet eldan kelganlarda aniqlangan, ulardan to‘qqiztasi AQShdan tashrif buyurgan. Qolgan 85 ta holat mahalliy. Ular Seulda va markazdagi Kengido provinsiyasida qayd etilgan.

Ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 14 873 nafar.

Sog‘ayganlarning umumiy soni 13 863 ga (93,21 foiz) ko‘tarildi. Jami 305 kishi (2,05 foiz) vafot etgan.

Bosh vazir Chon Se Gyunning ta’kidlashicha, hukumat Seul va uning atrofidagi tumanlarda karantin tadbirlarini ikkinchi darajaga qadar kuchaytirishni ko‘rib chiqmoqda. Iyun oyida Janubiy Koreya uch bosqichli (uch eng yuqori) ijtimoiy masofalanish tizimini joriy etdi. Hozirgi vaqtda mamlakatda birinchi darajali cheklovlar amalda. Agar yuqtirilgan infeksiyaning kunlik ko‘payishi 14 kun davomida 50-100 orasida bo‘lsa, uni ikkinchi darajaga o‘tkazilishi mumkin.

Kiritildi: 18:43 14.08.2020. O'qildi: 2038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!