Koreya Respublikasi Eksport-import banki Ukrainaga yillik 1 foiz stavka bilan 20 yil muddatga 100 million dollar miqdorida kredit ajratdi.
«Ukraina Moliya vaziri Sergey Marchenko Koreya Eksport-import banki bilan 100 million dollar jalb etish bo‘yicha kredit shartnomasini imzoladi. Kredit 20 yil muddatga jalb qilingan, foiz stavkasi yiliga 1 foizni tashkil etadi. Imtiyozli muddat kredit shartnomasi imzolangan kundan boshlab besh yilni tashkil etadi», deyiladi departament saytidagi xabarda.