Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreya prezidenti NATO sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi

Janubiy Koreya prezidenti NATO sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi

Prezident Li Chje Myon Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) sammitida mamlakatdagi ustuvor masalalar va Yaqin Sharqda beqarorlik kuchayib borayotganini aytib, ishtirok etmaydi, deb xabar beradi Yonhap agentligi.

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon shu hafta seshanba va chorshanba kunlari Niderlandiyada bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etishni ko‘rib chiqqan edi. Biroq, uning ma’muriyati bayonotiga ko‘ra, prezident yakunda AQShning Erondagi uchta yadroviy ob’ektga bergan zarbalaridan so‘ng sammitda qatnashmaslikka qaror qilgan.

“Prezident inaugurasiyasidan keyin yuzaga kelgan ko‘plab shoshilinch davlat ishlariga qaramay, hukumat prezident Lining NATO sammitida ishtirok etish imkoniyatini faol ko‘rib chiqmoqda”, - dedi prezident matbuot kotibi Kan Yu Chjon.

Biroq turli ichki masalalarni har tomonlama tahlil qilgandan keyin va Yaqin Sharqdagi beqaror vaziyatni har tomonlama tahlil qilib, prezident sammitda qatnashmaslikka qaror qildi.

Kiritildi: 22:45 23.06.2025. O'qildi: 1205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!