Janubiy Koreya sentyabr oyida Markaziy Osiyoning beshta davlati - Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston ishtirokida o‘zining birinchi sammitini o‘tkazadi.
Yonhap agentligining xabar berishicha, Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi bu haqda e’lon qildi.
Sammit 16-17 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Xyun tayyorgarlik yig‘ilishida sammit mamlakatning mintaqadagi diplomatik mavqeini kengaytirish va avvalgi Mun Chje In hukumati tomonidan boshlangan «Yangi Shimoliy siyosat» tashabbusini mustahkamlash uchun muhim imkoniyat bo‘lishini ta’kidladi.
«Ushbu strategiya Yevroosiyoda tinchlik va umumiy farovonlik konsepsiyasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan», deb ta’kidladi u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, sammit nafaqat o‘zaro hamkorlikni mustahkamlaydi, balki ta’minot zanjirini diversifikasiya qilish va mintaqadagi etnik koreys jamoalari bilan aloqalar kabi sohalarda qo‘shma ishlar uchun ham asos yaratadi.