Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Jannat to‘lovi

A A A
Jannat to‘lovi

Ibrohim Adham hazratlari hammomga bordilar. Lekin pullari bo‘lmagani uchun, qancha yalinsalar ham, ichkariga qo‘yishmadi. Bo‘yinlari egik holda ortga qaytayotgan Ibrohim Adham shunday hayqirib yig‘ladilarki, bir zumda atroflariga odamlar to‘plandi. Biri olib, biri qo‘yib hazratni yupata ketishdi:

 

– Bunchalik qayg‘u chekishingizga hojat yo‘q, siz uchun hammomga, mana, biz pul to‘laymiz!

 

Shunda Ibrohim Adham yig‘ilganlarga:

 

– Sizlar meni hammomga kiritishmagani uchun yig‘layapti deb o‘ylayapsizmi? – dedilar. – Yo‘q, aslo bunday emas. Bu dunyodaku puling yo‘q deb hammomga kiritishmayapti. Biroq oxiratda yaxshi amallaring yo‘q, deya jannatga qo‘ymasalar, holim nima kechadi? Shuni o‘ylab yig‘layapman.

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 16:49 02.09.2018. O'qildi: 1776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik