Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Jahon urushida Germaniya SSSRga nega mag‘lub bo‘lgani aytildi

Jahon urushida Germaniya SSSRga nega mag‘lub bo‘lgani aytildi

Germaniyaning Die Welt gazetasi jurnalisti Yoxann Altxaus SSSR bilan urushda Germaniyaning mag‘lub bo‘lishiga olib kelgan xato haqida gapirdi.

Jurnalistning fikriga ko‘ra, Vermaxtning Yevropadagi tezkor g‘alabalari Reyx rahbariyati tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan. Polsha, Norvegiya, Fransiya va Yugoslaviyani tezda egallab olish Germaniyani Sovet Ittifoqida ham yetakchi bo‘lishi mumkinligiga ishontirdi. Ushbu g‘oya mamlakatda, shuningdek, targ‘ibot filmlari tufayli juda mashhur bo‘ldi.

Altxaus 1941 yil fevral oyida nemis kinoteatrlarida namoyish etilgan "G‘arbdagi g‘alaba" filmini eslatib o‘tadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu film tomoshabinlarga juda kuchli ta’sir ko‘rsatgan.

"G‘arbdagi g‘alabani tomosha qilgan odamning deyarli barchasi Vermaxt barcha tasavvur qilib bo‘lmaydigan raqiblarini mag‘lub etishga qodir degan fikrga keldi.

Shu bilan birga, Germaniya SSSR bilan urushga tayyor emas edi, chunki uning iqtisodiyoti 1940 yilga qadar hali urush sharoitiga o‘tkazilmagan edi. Bosqinning dastlabki bosqichlarida Germaniyaning tanklari "Qizil armiya"ning tanklaridan kuchsiz ekanligi allaqachon aniq bo‘lgandi, deb ta’kidladi muallif.

Kiritildi: 19:06 13.06.2021. O'qildi: 9739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!