Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Jahon chempionati finali boshqa kunga yoki shaharga ko‘chirilishi mumkin

Jahon chempionati finali boshqa kunga yoki shaharga ko‘chirilishi mumkin



"Ispaniya va Argentina o‘rtasida 19 iyul kuni Nyu-Yorkda o‘tkazilishi rejalashtirilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvi Kanadadagi kuchli o‘rmon yong‘inlari tufayli qoldirilishi mumkin", — deb xabar bermoqda Argentinaning "Ole" sport gazetasi.

​Final o‘yinini boshqa muddatga ko‘chirish ehtimoli pastligicha qolmoqda, biroq bunday imkoniyat istisno etilmaydi. Nashrning eslatishicha, havo ifloslanishi tufayli sog‘liqqa xavf tug‘ilgan taqdirda, FIFA turnir o‘tkaziladigan sana va joyga tuzatish kiritishi mumkin.

​Yong‘inlar oqibatidagi tutun tufayli havoning ifloslanishi sababli payshanba kuni Chikagoda Oliy futbol ligasining (MLS) navbatdagi chempionati o‘yini qoldirilgan edi.

Shuningdek, AQShning bir qator shaharlarida, jumladan Vashingtonda havo sifatining "qizil" darajasi qayd etilgan.

Kiritildi: 18:35 17.07.2026. O'qildi: 986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!