AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan sulh kuchga kirsa ham, Yaqin Sharqdagi urush global iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatishda davom etadi.
Bu haqda Jahon banki prezidenti Ajay Banga shunday dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlarning tez to‘xtatilishini nazarda tutgan asosiy ssenariy bo‘yicha global iqtisodiy o‘sish 0,3-0,4 foiz punktiga pasayishi mumkin. Agar mojaro cho‘zilib kesa, Jahon banki yo‘qotishlar 1 foiz punktiga yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Banga shuningdek, bunday ssenariyda inflyasiya bosimi kuchayishini ta’kidladi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, narxlarning o‘sishi 200-300 bazis punktiga tezlashishi mumkin va agar urush davom esa, inflyasiya yanada ko‘tarilib, 0,9 foiz punktgacha yetishi mumkin.