Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Jahon banki O‘zbekistonga jami 14 milliard dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga jami 14 milliard dollar ajratadi

Jahon banki yangi koronavirus — COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan qabul qilingan iqtisodiy tanglikka qarshi dastur doirasida O‘zbekiston hukumatiga 14 milliard dollar miqdorida ko‘mak ajratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha guruhi vise-prezidenti Siril Myuller o‘rtasida onlayn-uchrashuv tashkil etildi. Videokonferensiya shaklida uyushtirilgan mazkur muloqot davomida Mamlakatlararo hamkorlik platformasi doirasida O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari, jumladan, Jahon banki bilan munosabatlari masalalari ko‘rib chiqildi. 

Tomonlar, xususan aholini koronavirusdan himoya qilish, korxonalarni, birinchi navbatda, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni, xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama etishdi. Shuningdek, O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga global koronavirus pandemiyasi salbiy ta’sirini yumshatishda Jahon banki ko‘magining imkoniyatlari va mexanizmlari kelishib olindi.

Ayni payt JB tomonidan mamlakatimizga sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish, ijtimoiy muhofaza institutlari va muassasalarini qo‘llab-quvvatlash uchun tezkorlik bilan 1,2 milliard dollar yordam ko‘rsatish masalasi faol ko‘rib chiqilyapti. Zero, Myuller O‘zbekistonga moliyaviy ko‘mak berish masalasi tuzilma kun tartibidagi ustuvor bandlardan biri sifatida e’tirof etilganini qayd etgan.

Kiritildi: 03:01 08.04.2020. O'qildi: 3319 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!