Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jahon banki Ukrainaga qo‘shimcha yana 530 million dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

Jahon banki Ukrainaga qo‘shimcha yana 530 million dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

Bu haqda mazkur xalqaro moliya muassasasi vise-prezidenti Anna Byerde ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Xabarda keltirilishicha, u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Bugun Jahon banki Ukrainani qo‘shimcha moliyalashtirish uchun 530 million AQSh dollari ajratishni ma’qulladi", - deb yozgan.

Byerdening qo‘shimcha qilishicha, ajratilayotgan yordam Ukrainani zarur bo‘lgan davlat xizmatlarini ko‘rsatishini, jumladan sog‘liqni saqlash, ta’lim va pensiyalarni moliyalashtirishni ta’minlaydi.

Kiritildi: 20:32 01.10.2022. O'qildi: 2075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!