Bugun 14 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Iyun va iyul oylarida Yevropaning harorat rekordlari yangilandi

Iyun va iyul oylarida Yevropaning harorat rekordlari yangilandi

Evropa Ittifoqining Kopernik iqlim o‘zgarishi xizmati o‘zining oylik byulletenida ma’lum qilishicha, joriy yilning iyun va iyul oylarida Yevropada o‘rtacha harorat 21,62°C ni tashkil etdi. Bu kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori rekord ko‘rsatkich sifatida qayd etildi. Iqlimshunos olimlarning hisobotida ta’kidlanishicha, Yevropa sayyoramizda eng tez isib borayotgan qit’a bo‘lib qolmoqda va iqlim o‘zgarishi kuchli issiqlik to‘lqinlari, qurg‘oqchilik hamda o‘rmon yong‘inlarini yanada kuchaytirgan.

Misli ko‘rilmaydigan anomal issiqlik tufayli 120 millionga yaqin yevropalik, ayniqsa, Buyuk Britaniyaning janubi, Fransiyaning g‘arbi va Ispaniyaning shimoliy qismida og‘ir sharoitga duch keldi. Xususan, Fransiyada o‘rtacha harorat 1991–2020 yillardagi me’yordan 3,8°C gacha oshib ketdi. Bu holat yirik tabiiy ofatlarga sabab bo‘ldi. Qurg‘oqchilik ortidan kuchli o‘rmon yong‘inlari kelib chiqib, Fransiyaning Jironde mintaqasida qariyb 42 000 gektar va Ispaniyaning Avila shahrida taxminan 44 000 gektar o‘rmon maydonlari kultepaga aylandi.

Kiritildi: 19:31 10.08.2026. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!