Afsuski, jonivorlarning ham koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari qayd etilgan.
Hozirda dunyoda Covid-19 virusi aniqlangan 4 ta it to‘g‘risida ma’lumot bor. Barcha holatda jonivorlar infeksiya bilan kasallangan egalaridan yuqtirishgan.
Itlarning boshqa hayvonlardan koronavirus yuqtirishi yoki infeksiyaning jonivorlardan odamga yuqishi qayd etilmagan.
✔️ Hayvonlar salomatligini muhofaza qilish jahon tashkiloti uy hayvonlarining egasi kasal bo‘lganda ular bilan aloqa qilmaslikni, bu bilan oilaning boshqa a’zosi shug‘ullanishi lozimligini tavsiya qiladi. Shuningdek, gigiyenaga qat’iy rioya qilish: qo‘llarni yuvish, hayvonlarga yuzini yalashga qo‘ymaslik, qo‘l bilan ovqatlantirmaslik, niqob taqish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.