Etti kishi turli darajadagi jarohatlar oldi, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir, deb xabar bermoqda ANSA agentligi.
Katta tezlikda harakatlanib kelgan mashina piyodalar yo‘lakchasidagi odamlarni urib yuborgan va voqea joyidan qochishga uringan. Avtomobil yo‘lovchilar tomonidan to‘xtatilib, haydovchi ushlangan va polisiyaga topshirilgan.
ANSA ma’lumotlariga ko‘ra, hodisaga sababchi bo‘lgan shaxs kelib chiqishi shimoliy afrikalik bo‘lgan 30 yoshli Italiya fuqarosidir.
Modena shahri meri Massimo Mezzetti qo‘lga shaxs qurollangan bo‘lganini ma’lum qildi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u odamlardan biriga pichoq bilan zarba berishga uringan.