Italiya hukumati polisiyaga norozilik aksiyalarida ishtirok etishi mumkin deb gumon qilingan shaxslarni 12 soatgacha vaqtincha hibsda ushlash huquqini beruvchi qaror qabul qildi — Bloomberg.
Ma’lum qilinishicha, mazkur qonunchilik o‘tgan dam olish kunlari Turin shahrida sodir bo‘lgan keskin to‘qnashuvlardan so‘ng qabul qilingan. To‘qnashuvga sabab bo‘lgan radikal so‘l kuchlar tomonidan miting paytida 100 nafardan ortiq polisiya xodimi yaralangan.
Muxolifat yetakchilari esa ushbu qarorni, Qishki Olimpiya o‘yinlari oldidan rejalashtirilgan norozilik namoyishlari arafasida, namoyish o‘tkazish bo‘yicha konstitusion huquqning jiddiy buzilishi deb baholashdi.