Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Italiyada apelsin kattaligidek keladigan do‘l yog‘di (video)

Italiyada apelsin kattaligidek keladigan do‘l yog‘di (video)

Italiya markaziga, Adriatika dengizi qirg‘oqlari yaqinida joylashgan hududlarga apelsin kattaligidek keladigan do‘l yog‘di, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Do‘l Abrusso viloyatidagi Peskara komunnasiga yoqqan. Ulkan do‘llarning yog‘ishi oqibatida 18 kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ular orasida yuzi va boshidan jarohat olgan homilador ayol ham bor.

Ma’lum qilinishicha, jabrlanganlarning aksariyatini boshi yorilgan.

Shuningdek, yomg‘ir sabab Peskara shifoxonasining birinchi qavatini suv bosgan, operasiyalar to‘xtatilgan.

Bundan tashqari shifoxona xodimlarining mashinalari uchun mo‘ljallangan avtoturargoh ham suv ostida qolgan. Maydondagi suvning balandligi 2 metrga yetganligi aytilmoqda.

 

Kiritildi: 09:21 11.07.2019. O'qildi: 1430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!