Bu haqda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Veronaga safari chog‘ida ma’lum qildi.
"Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, Italiya hukumati Isroil bilan mudofaa kelishuvini avtomatik uzaytirishni to‘xtatishga qaror qildi", – dedi Meloni.
Mutaxassislarning fikricha, bu qaror Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida Yevropa davlatlarining Isroilga nisbatan siyosatini qayta ko‘rib chiqayotganini ko‘rsatadi.