Istanbulda o‘n minglab odamlar shahar meri Ekrem Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi .
Namoyishchilar shahar hokimiyati oldida to‘planishdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, miting tinch o‘tmoqda, biroq polisiya namoyishchilarga qarshi qalampir gazi va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Turkiya poytaxti Anqara va qirg‘oq bo‘yidagi Izmir shahrida namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagichlardan foydalanildi.