Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Istanbulda portlash yuz berdi

Istanbulda portlash yuz berdi

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Tuzla sanoat hududidagi poliester zavodida portlash yuz berdi. 

Portlash 18 sentyabr kunduzi yuz bergan. Uning ketidan yong‘in boshlangan. Yong‘inni o‘chirishga 50 ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilingan, hudud polisiya tomonidan qurshab olingan.

Atmosferaga xavfli kimyoviy moddalarning tushishi ehtimoli yuqoriligi sababli yaqin atrofdagi aholidan derazalarni ochmaslik va tashqariga chiqmaslik so‘ralgan.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida ikki nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan. Portlash sababi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Kiritildi: 12:30 19.09.2019. O'qildi: 2876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!