Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Istalgan davlat rahbariga qo‘ng‘iroq qilib tushishning imkoni bormi?

Istalgan davlat rahbariga qo‘ng‘iroq qilib tushishning imkoni bormi?

Ommaga mashhur shaxslar, siyosatchilar, davlat rahbarlari bilan telefon orqali o‘yin qilish bilan mashhur Pranker Vovan (Vladimir Kuznesov) himoya tizimining kuchliligiga qaramay istalgan mamlakat prezidentiga, xususan Putinga ham telefon qilib tushish mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda MK.ru xabar berdi.

Putinning shaxsiy mobil telefoni yo‘q... Nima desa bo‘ladi, eski maktab , deydi Vovan.

Uning aytishicha, Rossiya prezidenti bilan faqat rasmiy aloqa kanallari orqali bog‘lanish mumkin, lekin nazariy jihatdan buning imkoni bor.

Prankerning so‘zlariga ko‘ra, sxema bir nechta bosqichni o‘z ichiga oladi, ammo bir necha kishining birgalikdagi harakati bilan bunga erishishning imkoni bor, ammo qo‘ng‘iroqni kuzatishning deyarli imkoni yo‘q. Ushbu sxemaga asosan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan ham muloqot amalga oshirilgan.

Ammo ushbu ishda bir qator murakkab shartlar bajarilishi lozim. Shu sababli hozircha Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, Germaniya kansleri Angela Merkel va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan gaplashishning imkoni bo‘lmagan.

Putinga qo‘ng‘iroq qilishning esa imkoni bor , deydi Vovan.

Kiritildi: 15:05 20.01.2019. O'qildi: 3039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!