Isroil Livanga bostirib kirmasdan turib "Hizbulloh"ni qurolsizlantirib bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda, deya yozdi The Jerusalem Post
Nashr manbalariga ko‘ra, Isroil armiyasi (SAXAL) Livanga to‘liq bostirib kirishni hozircha rejalashtirmayapti, chunki bu vazifani bajarish hozircha imkonsiz.
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) kelasi hafta davomida Livanning chegaradan 8–10 km masofada joylashgan hududini egallab olish amaliyotini yakunlashni rejalashtirmoqda, deya yozmoqda nashr.