Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumida 3 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumida 3 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida kamida uch falastinlik halok bo‘ldi, yana 15 nafari yaralandi.

Bu haqda Falastin fuqarolik mudofaasi instituti bayonotida aytiladi.

Xabarga ko‘ra, G‘azo shahri shimolidagi Shayx Rizvan hududidagi falastinlik Sehviyel oilasining uyi o‘qqa tutilgan.

Falastinning G‘azo sektoridagi Sog‘liqni saqlash vazirligining avvalroq ma’lum qilishicha, 2023 yil 7-oktabrdan beri blokadadagi G‘azo sektoriga Isroilning davom etayotgan hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 38 098 nafarga yetdi.

Bosqin qurbonlari orasida 15 694 nafar voyaga yetmaganlar va 10 279 nafari ayollardir.

Anklavning 87 705 nafar aholisi jarohatlangan.

Halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqarolik mudofaa guruhlari Isroil kuchlari keltirib chiqargan to‘siqlar tufayli ularga yetib bora olmayapti, deya qo‘shimcha qildi departament.

Kiritildi: 17:33 07.07.2024. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!