Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroilning G‘azo sektoriga hujumida HAMAS oliy rahbariyati vakili halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoriga hujumida HAMAS oliy rahbariyati vakili halok bo‘ldi

Isroil kuchlari 7 iyul kuni G‘azo sektorida hujum uyushtirishi oqibatida HAMAS oliy rahbariyati vakili halok bo‘lgan. Bu haqda Isroil hukumati manbalariga asoslanib, BBC nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Isroil kuchlari yakshanba kuni maktab binosiga zarba bergan. Hujum oqibatida 4 fuqaro turli og‘ir darajadagi jarohatlar tufayli vafot etgan.

Halok bo‘lganlardan biri HAMAS idorasi rahbarlaridan Ihob al-G‘usayn bo‘lgan. Bundan uch oy muqaddam G‘azo shahri va sektor shimoliy tumanlarida HAMAS hukumati ishlarini boshqarish uchun tayinlangan bo‘lgan.

Isroil hukumati hujumga uchragan maktab binosida terrorchilar yashiringanini ma’lum qilgan. Tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lmasligi uchun hujum oldidan barcha choralar ko‘rilgani xabar qilingan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi hujumda 4 kishi halok bo‘lganini rasman tasdiqlagan. Vayronalar ostida yana jasadlar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan. Chunki G‘azo shimolidagi qochqinlarning bir qismi maktab joylashgan hududda boshpana saqlab kelayotgan bo‘lgan.

Halok bo‘lgan Ihob al-G‘usayn HAMAS ma’muriyatida mehnat vaziri o‘rinbosari, undan oldin esa Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi bo‘lgan. Uning o‘limi HAMASga harbiy zarba sifatida qaralmaydi, biroq u HAMAS ma’muriyati rahbariyatidagi muhim shaxs hisoblangan.

Kiritildi: 12:51 08.07.2024. O'qildi: 1049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!