Isroil Umumiy xavfsizlik xizmati (SHABAK) va polisiyasi xorijiy razvedka bilan hamkorlik qilishda gumonlanayotgan Isroil fuqarosi, Qalansua shahri yashovchisi Mikdad Mudar Husni Natur qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Natur Qatarning «Al Jazeera» telekanali orqali ish qidirgan va kanal xodimlari uni «dushman davlat» vakili bilan bog‘lagan. Qo‘lga olingan shaxsning vazifasiga dushman manfaatlari yo‘lida targ‘ibot ishlarini olib boruvchi yangiliklar resursini boshqarish kirgan. Bundan tashqari, Erondagi «Arslon na’rasi» (Rik lva) operasiyasi davomida Natur pul mukofoti evaziga raketalar tushgan joylar, kasalxonaga yotqizilgan yaradorlar soni va Isroil jamiyatidagi kayfiyat haqida ma’lumotlarni to‘plab, uzatib turgan. Gumonlanuvchining faoliyati Isroil xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid sifatida baholanmoqda.
Tergov yakunlangach, Markaziy okrug prokuraturasi shu haftaning juma kuni, 3 aprel sanasida, Lod shahri okrug sudiga ayblov xulosasini taqdim etdi.