AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh yana uch haftaga uzaytirilishini e’lon qildi.
Amerika yetakchisi bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
"Tez orada Oq uyda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va Livan prezidenti Jozef Aunni kutib olishni intiqlik bilan kutaman. Ushbu tarixiy uchrashuvda ishtirok etish men uchun katta sharaf bo‘ladi", dedi Tramp.
Bugun Oval kabinetda Isroil va Livanning yuqori lavozimli amaldorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens va Davlat kotibi Marko Rubio ham ishtirok etishdi.