AQSh Davlat departamenti vakili Tommi Pigott 15 may kuni X ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, kelishuv Vashingtonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida qabul qilingan. Amaldagi sulh rejimi 17 may kuni yakunlanishi kerak edi.
Pigottning ma’lum qilishicha, Isroil va Livan diplomatlari o‘rtasidagi muzokaralar AQSh Davlat departamenti vositachiligida 2–3 iyun kunlari yana davom ettiriladi. Shuningdek, 29 may kuni Pentagonda ikki davlat harbiylari o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
14 aprel kuni Vashingtonda 1993 yildan beri ilk bor Isroil va Livan vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Unda ikki davlatning AQShdagi elchilari ishtirok etgan.
16 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzilganini e’lon qilgan, keyinroq esa uning uzaytirilishini ma’lum qilgan edi. Shundan keyingi kunlarda esa tomonlar bir-birini otashkesim rejimini buzishda ayblab kelayotgandi.