Donald Tramp Gaagadagi NATO sammitiga jo‘nab ketishdan oldin jurnalistlar bilan suhbatda Isroil ham, Eron ham o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini bir necha soat oldin buzganini ma’lum qildi.
«Ayniqsa Isroil», – degan Tramp.
Trampning aytishicha, Isroil sulhga erishilgandan so‘ng ham Eronga harbiy hujumni davom ettirgan.
AQSh rahbari, o‘z navbatida, Eronning yadroviy salohiyati yo‘q qilinganini qo‘shimcha qilgan.