Isroil rasmiylari Turkiya mamlakatdagi saylov jarayonlariga aralashishga uringanini ma’lum qildi.
The Jerusalem Post nashrining xabar berishicha, Isroil tomoni bu harakatlarning asosiy maqsadi jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazish, saylov kampaniyasiga aralashish hamda mamlakat ichidagi ijtimoiy kelishmovchiliklarni kuchaytirishdan iborat deb hisoblamoqda.
Hozircha Isroil rasmiylari bu da’volarni tasdiqlovchi qo‘shimcha dalillar yoki tafsilotlarni oshkor qilmagan. Turkiya tomoni esa mazkur bayonot yuzasidan hozircha rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.