Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroil tomonidan Livanda o‘ldirilganlar soni 4,3 mingdan oshdi

Isroil tomonidan Livanda o‘ldirilganlar soni 4,3 mingdan oshdi

Livanga qarshi Isroil hujumlari oqibatida 2 martdan buyon halok bo‘lganlar soni 4346 nafarga yetdi, yana 12 301 kishi yaralandi. Bunday ma’lumotlarni Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi keltirmoqda.

Isroil 2 mart kuni Livan hududiga qarshi keng ko‘lamli havo hujumlarini boshladi. Isroil harbiylari mamlakat janubidagi bir qator aholi punktlarini ham egalladi.

Livan hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy harakatlar bir milliondan ortiq odamni o‘z uylarini tark etishga majbur qilgan.

17 aprel kuni Livan va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi va keyinchalik u bir necha bor uzaytirildi. Kelishuvga qaramay, Isroil armiyasi Livan hududiga hujumlar uyushtirishda davom etmoqda.

Kiritildi: 22:42 17.08.2026. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!