Isroil havo kuchlari Tehron mintaqasidagi Eron harbiy sanoat ob’ektlariga bir qator zarbalar berdi.
Bu haqda Isroil havo kuchlari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, operasiyada 150 dan ortiq qiruvchi samolyotlar ishtirok etgan va 120 dan ortiq o‘q-dorilardan foydalangan.
Nishonlar orasida qurol-yarog‘ tadqiqotlari, ishlab chiqish va ishlab chiqarish uchun mas’ul korxonalar ham bor edi.
Isroil ballistik raketalar ishlab chiqarilgan va saqlangan deb da’vo qilayotgan ob’ektlar ham nishonga olingan.