Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Isroil prezidenti: “AQSH-Isroilning Erondagi operasiyasi tarixiy qadamdir”

Isroil prezidenti: “AQSH-Isroilning Erondagi operasiyasi tarixiy qadamdir”

AQSH-Isroilning Erondagi operasiyasi tarixiy qadamdir.

Isroil prezidenti Isxak Gersog bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida yozgan.

"Bu tarixiy qadam va men AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga ushbu qaror uchun minnatdorchilik bildiraman, umid qilamanki, bu biz va butun Yaqin Sharq uchun tarixiy o‘zgarishlarga olib keladi", dedi u.

Xersog shuningdek, Isroil fuqarolarini qiyin kunlar oldinda ekanligi haqida ogohlantirdi. "Biz kuchli xalqmiz va hech kim bizni va bizning bardoshliligimizni sindira olmaydi. O‘zingizga ehtiyot bo‘ling va Ichki front qo‘mondonligining ko‘rsatmalariga amal qiling."

Kiritildi: Bugun 14:50. O'qildi: 506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!