Isroil harbiylari Livan janubida "Hizbulloh" harbiy inshootlarini nishonga olib, yangi hujumlar uyushtirdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kun davomida armiya Livan janubidagi Mazraat Abudiya qishlog‘i yaqinida bir nechta Hizbulloh muhandislik mashinalariga hujum qildi. Isroil tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, bu mashinalar shia jangarilari tomonidan hududdagi harbiy infratuzilmani tiklash uchun ishlatilgan.
Bundan tashqari, Ad-Dveyr qishlog‘i yaqinida Hizbulloh a’zosi o‘ldirilgan va tankga qarshi raketa omborlari va boshqa harbiy omborlar kabi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish uchun boshqa hududlarda ham hujumlar uyushtirilgan.