Isroil harbiy-havo kuchlari Livan tomonidan mamlakat havo hududiga kirgan uchuvchisiz uchish apparatini tutib oldi.
Bu haqda armiya matbuot xizmati (SAXAL) xabar berdi.
"G‘arbiy Galileyada sirenalar ishga tushirilgach, Isroil harbiy-havo kuchlari Livan tomonidan Isroil havo hududiga uchib kirgan uchuvchisiz uchish apparatini tutib oldi," - deyiladi bayonotda.
Livan hududidan uchib kelgan va Yuqori Galiley rayonida tushgan bir necha snaryadlar topilganligi haqida ma’lumotlar bor.