Isroil Mudofaa Kuchlari Livan bo‘ylab tinch aholi yashaydigan hududlarda joylashgan bir nechta harbiy infratuzilma ob’ektlari va qurol-yarog‘ omborlarini yo‘q qilganini e’lon qildi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot kotibi e’lon qildi.
Bayonotga ko‘ra, Isroil havo kuchlari radikal "Hizbulloh" guruhi infratuzilmasini nishonga olish va front chizig‘ini mustahkamlash operasiyalari doirasida so‘nggi bir necha kun ichida uchirish moslamalari va qurol omborlarini aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha maqsadli operasiyalarni o‘tkazmoqda.
Bu nishonlar Livanning turli hududlaridagi binolar va fuqarolik infratuzilmasiga yashiringan edi.
Ta’kidlanishicha, hujumlardan oldin tinch aholiga yetkazilgan zararni minimallashtirish choralari ko‘rilgan, jumladan, aniq boshqariladigan o‘q-dorilar, havo kuzatuvi va qo‘shimcha razvedka ma’lumotlaridan foydalanish.